Ёлғизликнинг юз йили muqovasi

Ёлғизликнинг юз йили

Gabriel Garsia Markes

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
Nashrga qarab farq qiladi
Betlar soni
Nashrga qarab farq qiladi
Yili
Nashrga qarab farq qiladi
Nashriyot
Nashrga qarab farq qiladi
Muqova
Nashrga qarab farq qiladi

Markes o'zining bu kitobi haqida shunday yozadi: «Yozganlarimning ichidan «Yolg'izlikning yuz yili» romanini chiqarib, yoqib tashlagan boʻlardim. Men bu kitobni yozganimdan uyalaman, chunki menga ma'lum sabablarga ko'ra, uni yaxshilab yozishga vaqt yetmadi». Ammo yozuvchi o'zidan qanchalik ko'ngli toʻlmasin, asar dunyo adabiyotida tub burilish yasadi. Chunki Markesgacha insoniyatni muqarrar yolg'izlikka giriftor qilgan baxtsizlik sabablari hali adabiyotning bosh mavzusiga aylanmagan edi. ...Makondoda, dastlab, hamma o'zaro teng, baxtli-saodatli toʻkin-sochin dasturxon atrofida farovon hayot kechirishadi... Biroq bunday dorilamon kunlar uzoq davom etmaydi. Makondoni nafaqat nafs balosiga yoʻliqish, balki ishratparastlik, tiyiqsiz shahvat balosi, axloqsiz munosabatlar zulmatga aylantiradi. Kitobxon nazarida avval boshdan jannatmonand yurt sifatida tasavvur uyg'otadigan Makondo fuqarolari bora-bora boshqacha hayot tarzi bilan yashashni xohlab qoladilar: ularga endi o'zlari makon tutgan yer torlik qiladi, ozodlik, hurlik istab qoladi qalblari. Alaloqibat esa tabiat in'om etgan baxtdan yuz o'girish ularga qimmatga tushadi, itoatsizliklari oqibatida muqarrar yolg'izlikka hukm qilinadilar.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 2 ta taklif topildi, narxi 31 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish