
Abulfayzxon (drama)
Abdurauf Fitrat
- Kategoriya
- Tarix va Siyosat
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943573758
- Betlar soni
- 64
- Yili
- 2019
- Nashriyot
- G'afur G'ulom
- Muqova
- Ma'lumot yo'q
Fitrat dramaturgiyasida tarixiy mavzu keng o‘rin olgan. Dramaturgning mashhur asarlari qatoridan o‘rin olgan "Abulfayzxon" pyesasi adabiyotimizda tarixiy mavzuda yozilgan birinchi drama hisoblanadi. Fitrat adabiy-badiiy ijodining cho‘qqisi hisoblangan mazkur fojia voqea mazmuni va tarixiy faktlarga boy, real asar bo‘lishi bilan jozibalidir. Pyesada ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili Abulfayzxon davrida Buxoro o‘lkasida yuz bergan fojia aks ettiriladi. Asarda Abulfayzxonning toj-taxtga da’vogarlik qilgan barcha merosxo‘rlar otasi, og‘a-inlari, yaqin va uzoq qarindosh-urug‘larini o‘ldirib hokimiyat sari kelishi katta badiiy kuch bilan gavdalantirilgan. Buxoro taxtini qo‘lga kiritgan Abulfayzxon shubha va ta’qib vasvasiga tushib, hokimiyatni qo‘lga kiritishga ko‘maklashgan ishonchli safdoshlari, o‘ziga sadoqatli jangchi lashkarboshlarni, viloyat hokimlarini qirg‘in qilishga kirishadi. "Abulfayzxon" fojiasi 20-yillar o‘zbek adabiyotining katta yutug‘i bo‘lib qoldi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 7 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish