
Ajal chaqirig'i
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943935945
- Betlar soni
- 96
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Ma'lumot yo'q
“Begunoh odamlarning tinch, halol, bir maromda ketayotgan hayotini buzish — ajal chaqirig'idir» — asar qahramonlaridan biri tomonidan aytilgan ushbu gapda, aytish mumkin bo'lsa, hayotiy hikmat bor. Tiriklik — bu katta sinov, sinovki, har bir so'z, har bir amal, har bir niyat uchun hisob so'raladigan, va albatta, mehribon va rahmli Zot tomonidan ajru mukofotlari bisyor, hukmlari adolatli yashash tarzidir. Kimgadir qilingan jabr izsiz ketmaydi. Tarixiy va fantast asarlar ustasi, yozuvchi Ozod Muʼmin Xo'janing mazkur asari bugun atrofingizdagi voqealarni ko'z oldingizda namoyon qiladi. Qahramonlar bilan beixtiyor so'zlashasiz. Kimgadir qilingan nohaqlik sizning-da dilingizni xufton qiladi. Mutolaa so'ngida jinoyatlar tafsiloti va qahramonlar hayoti tugallanmagandek tuyilishi, baʼzi savollar ochiq qolgandek taassurot qoldirishi mumkin, bu tabiiy, chunki hayot davom etyapti. Аslida savollar ochiq qolmagan, ularning javobini shu qismatni yashayotgan qahramonlardan topasiz. Demak, hayot haqiqatlarini anglashda davom etamiz.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 17 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish