Ajdar sayyorasi muqovasi

Ajdar sayyorasi

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910790881
Betlar soni
144
Yili
2024
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Ma'lumot yo'q

Aziz o'quvchi, qo'lingizdagi to'plam 15 ta hikoyadan iborat bo'lib, ularda muallifning dunyo haqidagi falsafasi, umidlari va kuzatuvlari sehr, fantastika va reallik orqali sintez qilinadi. Masalan, yozuvchining «Uroboros», «Ajdar sayyorasi 1, 2» hikoyalarida asosiy unsurni ilonning ajdar bo'lishi haqidagi mif egallaydi. Sharq rivoyatlariga ko'ra, ilonga qirq yil odam ko'zi tushmasa, ajdarga aylanadi. Bu qaysidir ma'noda Nitshening Super inson haqidagi g'oyasini takrorlaydi: ilon avvaliga yer ostiga kirib ketadi va o'zining ajdarga aylanishini kutadi. Ammo bu hikoyalarning dunyo tuxumi degan g'oyaga bog'lanib ketuvchi o'rni bor, unga ko'ra dunyo (sayyora) ulkan tuxum, uni ichidan yorishi kerak bo'lgan ajdar esa quyosh taftidan qo'rqadi. Muallifning ko'rayotgan voqealari reallikdan tashqarida sodir bo'layotgandek tuyulishiga qaramay, aslida reallikning bir qismi, bugun u yashayotgan o'zbek jamiyati, o'zbek intellektuallari ko'rib, his qilgan holatlar, voqealarni o'z ichiga oladi. Deylik, «Azizlar haqida jumboq» hikoyasi xuddi shunday kontekstni o'z ichiga oladi, biroq sirlilik pardasiga o'ralgani uchun oddiy o'quvchi uni allaqanday boshqa sayyorada sodir bo'lyapti deb qabul qiladi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 25 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish