Ajib yangi dunyo muqovasi

Ajib yangi dunyo

Oldos Xaksli

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943231924
Betlar soni
260
Yili
2021
Nashriyot
Asaxiy
Muqova
Yumshoq

“Ajib yangi dunyo“ ingliz yozuvchisi Oldos Hakslining 1931 yilda yozilib, 1932 yilda nashr etilgan, distopik, ijtimoiy-fantastik romanidir. U fuqarolari aql-idrokka suyanuvchi, ijtimoiy iyerarxiya tartiboti qaror topgan futuristik butunjahon mamlakati to‘g‘risida hikoya qiladi. Unda reproduktiv texnologiyalar, uyqudagi ta’lim, ruhiyatga ta’sir va shartli reflekslarni shakllantirish sohalaridagi ulkan yutuqlar yordamida antiutopik jamiyat yaratiladi. Bu jamiyatga birgina inson — asarning bosh qahramoni qarshi chiqadi. Oldos Hakslining jahon adabiyotida chuqur ahamiyat kasb etgan shoh asari “Ajib yangi dunyo“da tengsizlik hukm suruvchi, texnologik rivojlangan kelajakni taftish qiladi. Bu mamlakatda odamlar avtoritar boshqaruv tizimiga xayrixoh bo‘lishi uchun genetik yo‘l bilan ko‘paytiriladi, ijtimoiy jihatdan moslashtiriladi hamda farmatsevtik yo‘l bilan kuchsizlantiriladi. Bularning bari insonni erki, odamiylik qiyofasi va, ehtimol, qalbidan mahrum qiladi. Benazir iste’dod egasi bo‘lgan Haksli bir vaqtning o‘zida ham san’atkor, ham ruhshunos, ham inson tabiati va taraqqiyotining eng yorqin taftishchilaridan biri edi. Uning durdona asari – “Ajib yangi dunyo” millionlab o‘quvchilarni hayrat va vahimaga soldi, bizni ogohlantiruvchi, o‘yga toldiruvchi ajoyib badiiy asar o‘laroq, bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. 1930 yilgi fashizm bulutlari soyasi ostida yozilgan ushbu asar nafaqat o‘sha davr jamiyatlariga, balki ommaviy ko‘ngilxushlik, texnologiya, tibbiyot, farmatsevtika, ko‘ndirish san’ati va elitaning yashirin ta’siri hukmronlik qilayotgan XXI asr dunyosiga ham murojaat qiladi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 45 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish