Aljabrning tug'ilishi muqovasi

Aljabrning tug'ilishi

Mirkarim Osim

Qog'oz
Kategoriya
Tarix va Siyosat
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943279902
Betlar soni
144
Yili
2024
Nashriyot
Yoshlar matbuoti
Muqova
Yumshoq

Mazkur kitob tarixchi-yozuvchi Mirkarim Osimning eng mashhur ikki asaridan tarkib topgan. “Aljabrning tug‘ilishi” va “Karvon yo‘llarida” deb nomlangan har ikkala asar bugungi davr o‘quvchisi o‘qishi shart bo‘lgan kitoblar sirasiga kiradi. Millatimizning buyuk dahosi bo‘lmish al-Xorazmiy haqidagi afsona va rivoyatlarga asoslangan “Aljabrning tug‘ilishi” qissasi o‘quvchining ham tarixiy, ham ma’naviy bilimini boyitadi. Unda nafaqat buyuk olimning ilmiy faoliyati, balki davrga xos ijtimoiy va siyosiy voqealar, umuminsoniy fazilatlar, tuyg‘ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar jonli va rangli tasvirlarda ifodalanadi. Feruz va Yoqutoy o‘rtasidagi go‘zal sevgi hamda ularning muhabbatiga raxna soluvchi qora kuchlar bilan o‘quvchi asar mutolaasi davomida tanishadi. “Karvon yo‘llarida” asarida Buxoro xoni Abdullaxon davrida jamiyatda hukm surgan vaziyat hamda siyosiy jarayonlar tarixiy faktlar asosida ifodalanadi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr, Qamar do'konlaridan 3 ta taklif topildi, narxi 16 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish