Allohga chinakam bandalik muqovasi

Allohga chinakam bandalik

Muhammad Amin Yildirim

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943836594
Betlar soni
176
Yili
2023
Nashriyot
Nasim Kutub
Muqova
Qattiq

«Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz» Ushbu oyatni har kuni namozda ham, boshqa o‘rinlarda ham takror - takror o‘qiymiz. Ammo bu oyati karima bizning hayot tarzimizda, qilayotgan amallarimizda ham o‘z o‘rnini, tasdig‘ini topyaptimi? Bu borada o‘zimizni xech taftish qilib ko‘rganmizmi? Doim o‘qib yurganimiz uchun bu oyatlar oddiy jumlalarga aylanib qolmaganmi? Balki «ibodat qilish», «yordam so‘rash» tushunchalarini to‘liq anglay olmayotgandirmiz? Masalan, zehnimizda ibodat borasida mana shunday tushuncha shakllangan bo‘lishi mumkin: «Ibodat bu namoz, ro‘za degani, puli bor, imkoni bor odamlar uchun zakot, umra yoki haj qilish degani. Mana shularning hammasini Alloh uchun ado etamiz». Isti’ona, ya’ni yordam so‘rash tushunchasini ham qo‘llarni ochib, Robbimizdan faqat o‘z manfaatimizga tegishli bo‘lgan narsalarni so‘rash bilan chegaralab qo‘yayotgandirmiz? Agar shunday tushunayotgan bo‘lsak, bunday fikrlar «Iyyaaka na’budu va iyyaaka nasta’iyn» oyatining maqsadini to‘liq ifodalay olmaydi, chunki mo‘minning har qadami, har lahzasi ibodat bo‘lishi kerak. Isti’ona tushunchasi Allohdan bizga foydasi bor narsalarni so‘rashgina emas, balki bir ma’noda tavakkulning ham yuzaga chiqishidir, Allohdan boshqa biror kimdan yoki nimadan hech narsa istamaslikdir. Qur’onning hammasi emas, ba’zi oyatlarinigina anglay olganimizda ham, bugungi ahvolimiz tamoman o‘zgacha bo‘lar edi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish