
Antikvarchi
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910790447
- Betlar soni
- 256
- Yili
- 2024
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Ushbu asarda antikvar buyumlar sotuvchisi Jamilbey va uning achchiq qismati haqida so'z boradi. Uning orzularga to'la qalbi bor edi, yoshlik chog'laridan qadrdon do'sti Surayyo bilan uzoq-uzoqlarga ketishni orzu qilardi. Ayni paytda umri iztiroblar, kaltaklar ostida o'tayotgan onaizorning dardlariga sherik, otasiga esa davomchi kerak edi. Orzularga to'la kelajak va iztiroblardan so'zlovchi o'tmish - ikki o'rtada qolgan qahramonimizni yillar tarbiyaladi. Asarning har satri antikvarchining o'tmishi haqida hikoya qiladi. Nadomatga to'la umr sarhisobida kim hokimu, kim jabrdiyda va nega? Yozuvchi bu asar orqali munosabatlardagi noqisliklar oqibatidan ogoh etadi va shuning barobarida qahramonlar dardiga darmon istaydi. Halovatga eltuvchi yo'llarni ko'rsatadi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 35 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish