
Asrni qaritgan kun
Chingiz Aytmatov
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943275959
- Betlar soni
- 430
- Yili
- 2019
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
“Manqurt” atamasi ilk bora tilga olingan ushbu asar nimasi bilan kitobxonga yaqin? Asarning asosiy qahramonlari boʻlgan oddiy mexnat kishilari - Edigey Boʻron, Kazangap, Bukey, Ukkubola, Abutolib Quttiboyev, Zarifa obrazlaridagi oʻziga xos xarakter, ichki olam, ular boshidan kechgan musibat kitobxon qalbiga shu darajada yaqinki, goʻyoki ular bizdan unchalik ham olisda emasdek... Kazangapni Boʻronli bekatidan uncha uzoq boʻlmagan Ona Bayit qabristoniga dafn etishga undagan sabab hamda Nayman onaning farzandi tomonidan fojiali oʻldirilishi oʻrtasidagi bogʻliqlik asarning butun bir mohiyatini ochib beradi. Manqurtga aylangan farzandi Julomonni nihoyat ming azoblar bilan topgan onaizor oʻz bolasiga onasi ekanligini uqtirolmaydi. Xuddi shuningdek, insoniy tuygʻularidan mosuvo boʻlgan, hatto otasining mayitini qayerga koʻmish kerakligiga befarq boʻlmagan holda, qabr uchun tanlangan makonga bepisandlarcha qaragan ongli Sobitjon yangi zamon mankurti sifatida tasvirlanadi. Kitob mutolaasidan keyingi mulohazalaringiz biz uchun qadrli, aziz kitobxon!.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 20 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish