Aysel muqovasi

Aysel

Xolid Ertug'rul

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943802629
Betlar soni
144
Yili
2021
Nashriyot
Misbah
Muqova
Qattiq

Kitobxonlardan har kuni ko‘plab maktublar, telefon qo‘ng‘iroqlari va xabarlar olaman. Ularning izohlari, tavsiyalari va biz bilan baham ko‘rgan ibratli hayot hikoyalaridan xursand bo‘laman, chunki har bir munosabat yangi kitoblarimiz uchun “masalliq” bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lingizdagi «Aysel» kitobi ham bizga yuborilgan ajoyib va sirli maktub asosida yozildi. Ushbu maktub o‘lim to‘shagida bitilgan. Unda ruhiyati abgor bo‘lgan, og‘ir kasallikka chalingan va xayollari parishon bir insonning yuraklarni dog‘lovchi hayot hikoyasi bayon etilgan. Insoniy munosabatlar, yoshlar bilan bog‘liq muammolar va ommaviy zavol masalalari ko‘tarilgan mazkur kitobda o‘z joniga qasd qilish darajasiga kelib qolgan qizning boshiga tushganlari haqida so‘z boradi. Bo‘lgan voqealarga asoslangan ushbu kitob bir shox asar dunyoga keltirish niyatida yozilmadi. Shu sababli qissa yoki romanga o‘xshash asar deb uylanmasligi kerak, uning o‘ziga xos uslubi bor. Unda didaktik unsurlarga urg‘u berilib, pand-nasihat jihati kuchaytirishga harakat qilingan. Kitobga ana shu nuqtai nazardan karashni, uni qissa yoki roman mezonlari bilan baholamaslikni so‘raymiz. Kitobning auditoriyasi - keng omma. Buning uchun qisqa jumlalar va sodda uslubdan foydalanildi. Matn yozilayotganda mukammallikka emas, tushunish oson bo‘lishiga eʼtibor qaratildi. Kitoblarimizda o‘xshash mavzular nega tez tez ko‘tarilishi xayolingizga kelishi mumkin. Buning ikkita sababi bor: birinchidan, bayon etilgan voqealar hayotiy bo‘lgani bois qanday yuz bergan bo‘lsa, shunday hikoya qilingan. Yanada boyitish uchun o‘zgartirish kiritilmagan; ikkinchidan, kitobning mavzusini tashkil etgan voqealar yoshlarning axloqiy qadriyatlarini mustahkamlovchi, o‘quvchilarning o‘zlari bilan yuzlashishiga vasila bo‘luvchi xususiyatga ega. Hayotiy voqealar tanlanishining sababi ham shu. Yuraklarning chidashi qiyin bo‘lgan bu hislar oqimi qalbimizda yangi umidlar unishiga turtki berish tilagi bilan

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 35 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish