
Baqaloq sarguzashtlari yoxud sirli qotillik qissasi
Vilhelm Raabe
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910679841
- Betlar soni
- 112
- Yili
- 2025
- Nashriyot
- Yoshlar matbuoti
- Muqova
- Ma'lumot yo'q
Vilhelm Raabening "Baqaloq sarguzashtlari yoxud sirli qotillik qissasi" nomli ushbu asari 1890-yil may oyida yozib tugallangan va 1891-yilda bosilib chiqqan. Yozuvchi o‘zining eng yaxshi kitobi sifatida e’tirof etgan, sarguzasht-detektiv janrida yozilgan mazkur asar qahramoni Haynrih Shaumann beg‘am, ovsar va semizligi sabab Shtopfkuxen (Baqaloq) degan laqab orttirib olgan. O‘zining aytishicha, mavjud "muayyan qiyinchiliklar"dan cho‘chib, o‘qishga ham hafsala qilmagan, unga o‘qish tugul, "universitet hayoti ham kulgili tuyulgan". "Ammo-lekin suyak- saloqlar va osori-atiqalarga bo‘lgan ishqibozligim orqasidan astoydil quvganimda bormi, Xudo biladi, fan doktori bo‘lib ketarmidim..." - deydi. Haqiqatan ham u "suyak-so‘ngak yig‘ish"ga mehr qo‘ygan, shu maqsadda tosh, shag‘al va qum konlarini aylanib yuradi, shifokorning qayd etishicha, bu hatto uning "sog‘ligi uchun ham foydali" emish... Ammo u kutilmaganda bir gapni og‘zidan "gullab qo‘yadi" va shu tariqa allaqachon unutilib ketgan jinoyatning izi ochilib ketadi... Voqealarning nima bilan tugashini bilmoqchi bo‘lsangiz, marhamat, ushbu maroqli asarni mutolaa qiling, aziz kitobxon!
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 20 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish