Baxt shoshilmaydi muqovasi

Baxt shoshilmaydi

Yekaterina Rakova

Qog'oz
Kategoriya
Ma'lumot yo'q
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910812101
Betlar soni
224
Yili
2025
Nashriyot
Dunyo nashr
Muqova
Qattiq

Shoshib yashash bugungi kun uchun me’yor. Dunyo ancha jadallashgan, buni ko‘rib biz ham ortda qolmaslik niyatida tinimsiz harakat qilamiz. "O‘rnimizda turish uchun "oyoqni qo‘lga olib" chopsak, bir joydan ikkinchi joyga yetish uchun undan ikki karra tezroq harakat qilishimiz darkor", degan edi Qirolicha Alisaga. Biroq shahar ahlining aksari hayotda va xizmat mavqeyida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgach, kundalik kimo‘zardan charchagani, lahzadan zavqlana olmasligi bois o‘zini baxtli his qilmaydi. Ushbu kitob hovliqmasdan, tashvishsiz, qulay sur’atda maqsad sari ilgarilash haqida; qanday qilib dam olish, muvaffaqiyat ketidan quvishni bas qilish, alaloqibat xotirjam va baxtli yashash borasida hikoya qiladi. Muallif 2000-yillar oxirida paydo bo‘lgan, hozirda dunyo bo‘ylab yuz minglab odamlarni birlashtirgan Slow Life harakatining asosiy tamoyillarini ochib beradi. U hayot maromini topish, mahsuldorlikni saqlagan holda, lahzadan lazzatlanib, ongli ravishda sekinlashish to‘g‘risida amaliy hamda ro‘yobga chiqarish oson bo‘lgan maslahatlar beradi. Kitob barcha yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 48 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish