
Biologiya | Boshlang'ich saboqlar
Akmal Ahmedov, Sattorxon Burxonov, Jahongir Qo'nishev
- Kategoriya
- O'quv qo'llanmalar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943688988
- Betlar soni
- 264
- Yili
- 2021
- Nashriyot
- Zamin nashr
- Muqova
- Qattiq
Biologiya darsliklarining yangi avlodiga mansub mazkur qo‘llanma Tirikning eng kichik birligi, Vujudimizni o‘rganamiz, Hujayra bo‘linishlari, Tirik organizmlarda ko‘payish, o‘sish va rivojlanish, DNK va genetik kod, Energiya o‘zgarishlari va ekologiya bo‘limlaridan iborat. Darslik ensiklopedik xarakterga ega bo‘lib, botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, ekologiya kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar bu darslikni o‘zlashtirish davomida biologiya fani haqida tayanch tasavvur va boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘ladilar. Darslik xalqaro talablarga mos zamonaviy yondashuv asosida tayyorlangan bo‘lib, ko‘rgazmali tuzilishi va sodda bayon uslubi bilan juda qiziqarli va o‘quvchilarning mustaqil shug‘ullanishlari uchun qulay. O‘quv qo‘llanma biologiya faniga ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari, biologiya fani o‘qituvchilari, tibbiyot sohasini tanlagan abituriyentlar uchun tavsiya etiladi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 52 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish