
Bo'ronlarda bordek halovat
Asqad Muxtor
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910750083
- Betlar soni
- 320
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- OLTIN QALAM NASHRIYOTI
- Muqova
- Qattiq
Asqad Muxtorning ushbu qissasi yuzaki qaraganda hayot bo‘ronlari, sahro bo‘ronlari bilan yuzma-yuz turib, kurashib, yengib yashagan, sahro-cho‘ldan oltin izlagan inson - Mardonqul Zargarov haqida yozilganday tuyuladi. Lekin asarni diqqat bilan o‘qib chiqsangiz, unda asar yozilgan davrning bir qancha ijtimoiy muammolari ham ko‘rsatilganligiga guvoh bo‘lasiz. Bunga misol qilib ma’lum bir jinoyati uchun ozodlikdan mahrum bo‘lib, o‘z aybini xalq-yurt farovonligi yo‘lida o‘tashga harakat qilgan yoki o‘z mansabidan foydalanib yurt boyligini talon-taroj qilayotgan insonlarning ham kirdikorlari ochib berilgan. Shuningdek, asarda asosiy e’tibor insonning qadr-qimmati, muhabbati, er-xotin munosabatlariga qaratilgan desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Buni ushbu asardan yig‘ilgan «Yon daftarga muhrlanuvchi bitiklar»da ham ko‘rish mumkin.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 25 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish