
Bu ummatning qizi
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Diniy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943727250
- Betlar soni
- 244
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- Azon kitoblari
- Muqova
- Qattiq
Nuriddin Yildiz 1960 yili Turkiyaning Trabzondagi Of qishlogʼida tugʼildi. Qurʼon hofizligini va ilk diniy taʼlimni otasi, bosh imom-xatib Hilmi Yildizdan oldi. Istanbul-Gaziosmanpasha imom-xatib litseyida oʼqiyotganda har hafta turli gazetalarda uning maqola va tarjimalari chop etila boshlandi. Shu bilan birga, imom-xatiblik kursini ham davom ettirdi. Imom-xatib litseyini tugatib, Marmara universitetining ilohiyot fakulьtetida bir semestr oʼqigach, Makkadagi Ummul Quro universitetida ilm tahsilini davom ettirdi. Bu yerda usuli fiqh boʼlimini tamomladi. Makkada boʼlgan paytida hadis ustozlaridan dars va ijozalar oldi. Suriyalik muhaddis Аbdulfattoh Аbu Gʼudda, hindistonlik olim Аbul Hasan an-Nadviy va Usmonli ulamolarining soʼnggi davr vakillaridan biri Mehmet Emin Sarach xoʼja afandilar shunday ustozlardan edi. Istambulga qaytib kelganidan soʼng, oʼzi yashab turgan jamiyat hayotining taʼlim yoʼnalishiga yangiliklar kiritish payida boʼldi. Qurʼon hofizligi va diniy taʼlim sohasi boʼyicha turli muassasa va tashkilotlarda guruh mashgʼulotlarini oʼtkazdi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida oʼziga xos izlanishlar olib bordi. Tarjimalar bilan bir qatorda mustaqil asarlar yoza boshladi. Oʼzini zamonaviy koʼcha qizi emas, Madina madaniyatining oʼz davridagi vakili deb biladigan, hijobdan ilmgacha boʼlgan barcha sohalarda ushbu ummatning qizi boʼlish zaruratini Badrdagi mujohidlarning hayajoni ila amalga oshirishga intilgan muborak qizlarga... Tilingiz bilan duo qilganingizda yodingizdan chiqmaylik deb... Аlloh uchun ter toʼkkan paytingizdagi buyuk amallaringiz vasila boʼlib, Аlloh bizga rahmatlarini yogʼdirsin deya... Mana shunday qizlarga va suyukli qizimga...
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish