
Buyuk tuyg'u
Rasul Hamzatov
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943208643
- Betlar soni
- 248
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Taniqli avar shoiri Rasul Hamzatovning samimiy yozilgan muxtasar tarjimai holini o‘qir ekansiz, beixtiyor hushyor tortasiz. Jahon adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan asarlari bilan yer yuzini quyosh nuriday munavvar etgan shoir hali burgut yuksakligiga ko‘tarilmaganligiga iqror bo‘lib, o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yib, asosiy kitobini yozishga chog‘lanayotganini bayon etadi. Shoirning bu dil izhori har bir o‘quvchini unga o‘xshab xalqimizga chin yurakdan sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi, degan umiddamiz. Shoirning tarjimai holi bilan boshlangan ushbu kitobga «Onalarni asrang» va boshqa dostonlari asos bo‘ldi, shuningdek, uning sara sheʼrlari, sonetlari, sakkizliklari, to‘rtliklari, yozuvlari, publitsistik maqolalari va «Mening Dog‘istonim» badiasidan lavhalar to‘plandi. Bu kitobxonlarga Rasul Hamzatovning turli janrlardagi ijodi bilan tanishish imkonini beradi. To‘plamda tarjimonning shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqolasi ham kiritildi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 45 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish