
Cho'qqida qolgan ovchining ohi zori
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943584112
- Betlar soni
- 480
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- Zabarjad media
- Muqova
- Qattiq
Mana aziz kitobxon, nihoyat siz sog'ingan va anchadan buyon orziqib kutayotgan kitob nashrdan chiqdi. Sog'inchlar, intizor kutishlar bejizga emas. Qardosh qirg'iz va qozoq adabiyotining ikki buyukustuni - Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonovning suhbatlari asosida tartib berilgan mazkur asar o'zini butun insoniyat taqdiriga daxldor deb bilgan o'quvchi sog'inchi uchun arzirli tuhfa. Kitobda o'tgan ajdodlar ruhiga hurmat, ular qoldirib ketgan ma'naviy meros va qadriyatlar oldidagi mas'uliyat, kelajak avlod taqdiri, odamzodning tabiat ne'matlariga munosabati, ma'naviy komillik, til va millat uyg'unligi, Vatan qadri, muhabbatning inson taqdiridagi o'rni masalalari ko'ndalang qo'yiladi. O'quvchi kitobni o'qirkan, suhbatdoshlar qalbidagi og'riqni o'zida ham his qiladi. Adabiyotga shunchaki kirib kelmagan, tili, dini va millatidan qat'i nazar ODAMZOD taqdiri, kelajagi uchun qayg'urgan, kelgusi avlod farzandlarini faqat va faqat baxtli kormoqni istagan va istaklarini mazkur asar orqali ifodalagan Aytmatovdek, Shoxonovdek iste'dod egalari bizni hamisha uyg'oq yurak, uyg'oq ruh bilan yashashga chorlaydi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 55 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish