
Da Vinchi siri
Den Braun
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943203754
- Betlar soni
- 416
- Yili
- 2021
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Faqat ugina mashhur rassom Leonardo da Vinchi asarlarida yashiringan sirli kodni aniqlay oladi... Yolg‘iz kuch-qudrat beruvchi diniy qadamjolar, muqaddas qadriyatlarning aql bovar qilmaydigan salohiyatini anglaydi... Insoniyat asrlar davomida bosh qotirgan ulkan va sirli jumboq kalitini tanho u topishi mumkin... «Da Vinchi siri» romanida muallif o‘z ijodiy izlanishlarini, tajribalarini jamlab, asar bosh qahramoni, ikonografiya va din tarixi mutaxassisi, Garvard universiteti professori Robert Lengdonda aks ettirdi. Roman Luvr muzeyida tunda sodir etilgan qotillik haqida xabar beruvchi bexos chalingan telefon qo‘ng‘irog‘idan boshlanadi. Muzeyning keksa qo‘riqchisi jasadi yonidan shifrlangan yozuv topiladi. Leonardo da Vinchining ishlarida yashiringan sir aynan shu yozuvda edi. Jumboq ortida nimalar yashiringanini Robert Lengdon sarguzashtlarida ketma-ket bilib olasiz...
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 30 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish