Dengizga otilgan ayol muqovasi

Dengizga otilgan ayol

O'rxan Kamol

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943208216
Betlar soni
384
Yili
2021
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Аyollarning mahzun qismatiga koʼpincha ularga yaqin erkaklar sababchi boʼlib qoladi. Baʼzan bilib, baʼzan bilmay... Turk yozuvchisi Oʼrxon Kamol qalamiga mansub – turmush oʼrtogʼining qaltis qarori sabab umri xazon boʼlgan bir ayol kechmishlari ifodalangan “Dengizga oʼzini tashlagan ona”(El kizi) romani voqealari kitobxonning qalbini larzaga soladi. Oddiy tilda, tushunarli bayonda ifoda etilgan ushbu roman bir nafasda oʼqiladi. Mutolaaga kirishayotib, voqealar rivoji yosh va masʼuma kelin Nozan va eʼtiborli advokat Mazharbeyning baxtli turmushi asosida qurilar ekan, deya fikr qilganingiz on bu oilaning fojiali tarixi boshlanadi. Eri tomonidan koʼchaga haydalgan ayol balolarning turli koʼyu koʼchalarida sarson va sarosar kezadi. Аsar mutolaasi oʼquvchi uchun qaygʼuli, biroq muhim va kerakli ham... Ona va bolaning juda-juda kech yuz bergan uchrashuvi, farzandi shaʼnini asrab qolish uchun imkoni va ilkida bori – jonini fido qilgan baxtiqaro ona qismati dilingizni oʼrtamay qoʼymaydi. Аsarning oxirgi sahifasi ostidagi Tamom yezuviga koʼzingiz tushar ekan, chuqur tin olasiz, bir ayolning toptalgan umri uchun alam va achinishga qorishiq hislarni tuyasiz, koʼz yoshlaringiz boʼgʼzingizni kuydiradi. Аyni damda tafakkur kilasiz... Va qiz bolaga oʼz shaʼnini himoya qilish, haq-huquqlarini tanish, irodali boʼlish darajasida taʼlim xamda tarbiya berish har bir davr uchun aktual masala boʼlib qolajagiga amin boʼlasiz.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 39 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish