Doktor Moro Oroli muqovasi

Doktor Moro Oroli

Herbert Uells

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943859272
Betlar soni
192
Yili
2022
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Ma'lumot yo'q

Ingliz fantast yozuvchisi Herbert Uells nomi kitobxonlarga yaxshi tanish. Uning "Vaqt mashinasi", "Ko'rinmas odam" nomli qissalari jahon adabiyoti durdonalari qatorida turadi. «Doktor Moro oroli» adibning uchinchi mashhur qissasi. Mazkur asarda tabiat qonunlariga qarshi borib, inson va hayvonni jarrohlik yo'li bilan birlashtirish orqali yangi bir maxluq yaratishga ahd qilgan yovuz olimning fojiasi butun dahshati bilan o'z ifodasini topgan. Yozuvchi ushbu asar orqali tabiat muvozanatiga qarshi borish oxir-oqibat uning ijrochilarini ogʻir fojiaga yetaklashini ro'yi rost ko'rsatib beradi. Shuningdek, asarda inson matonati, uning har qanday murakkab vaziyatdan ham o'z idroki orqali yo'l topib chiqib keta olishi mumkinligi, qiyinchiliklarga darrov yengilmasdan, kurashuvchan bo'lish kerakligi asar qahramoni Prendik misolida aks ettiriladi. Asarni mutolaa qilish davomida qahramonning g'aroyib sarguzashtlari o'quvchini alohida qiziqtirsa, uning yirtqichlarga yem boʻlib ketmaslik, odamlar orasiga qaytish uchun tortgan zahmatlari aynan inson salohiyatini namoyon etadi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 28 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish