Erkinlikning kelajagi muqovasi

Erkinlikning kelajagi

Farid Zakariya

Qog'oz
Kategoriya
Tarix va ijtimoiy fanlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910876776
Betlar soni
388
Yili
2025
Nashriyot
Trust and support
Muqova
Qattiq

Farid Zakariya mazkur kitobida demokratiya va erkinlik bir xil narsa emasligini tushuntirib, ayrim hollarda demokratiya erkinlikni cheklab qo‘yishi mumkinligini ko‘rsatadi. U tarixiy misollar orqali haqiqiy erkinlik avval qonun ustuvorligi, kuchli institutlar va fuqarolik ongining rivojlanishi orqali shakllanishini tushuntiradi. Zakariyaga ko‘ra, faqat saylovlar o‘tkazilishi jamiyatda erkinlikni kafolatlamaydi, chunki demokratik saylovlar natijasida ham avtoritar kuchlar hokimiyatga kelishi mumkin. Shuning uchun u "liberal demokratiya" tushunchasiga e’tibor qaratib, erkinlik va demokratiya uyg‘un ravishda mavjud bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Muallif G‘arb va Sharq mamlakatlarining tajribasini tahlil qilib, ularning demokratik yo‘llari va rivojlanishidagi farqlarni ko‘rsatadi. U demokratik tizimlar barqaror bo‘lishi uchun iqtisodiy mustahkamlik, qonun ustuvorligi va madaniy qadriyatlarning rivojlangan bo‘lishi muhimligini aytadi. Zakariya shoshmashosharlik bilan joriy etilgan demokratiya ba’zan jamiyatni yana avtoritarizm tomon qaytarib yuborishini ogohlantiradi. U ongli fuqarolar, mustaqil sud tizimi va erkin ommaviy axborot vositalari demokratiyaning poydevori ekanligini alohida ta’kidlaydi. Umuman olganda, bu asar demokratiyaning haqiqiy ma’nosini tushunishga yordam berib, ado latli va erkin jamiyat barpo etish uchun chuqur fikrlashga undaydi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr, Qamar do'konlaridan 3 ta taklif topildi, narxi 72 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish