
Farengeyt bo‘yicha 451 daraja
Rey Bredberi
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943231993
- Betlar soni
- 224
- Yili
- 2021
- Nashriyot
- Asaxiy
- Muqova
- Qattiq
Hayot tezlashgan, bir xillik tenglik deb ataladigan, odamlar bir-birini eshitmaydigan, fikrlashdan to‘xtagan, hurlik mahv etilgan… Bu jamiyatda kitoblar aql kushandasi sanaladi, taqiqlar tufayli odamlar asta-sekin ulardan voz kechadi, adabiyotdan qo‘rqadi. Ular faqat quloqlaridagi “chig‘anoq”lardan taraladigan ma’nisiz musiqadan mast, reklamalardan sarhush yashaydi. Kitoblar taqiqlangan yaqin kelajakdagi xayoliy Amerika jamiyati haqida hikoya qiluvchi ushbu asar bosh qahramoni Gay Monteg – o‘t o‘chiruvchi. Nomi o‘t o‘chiruvchi, ammo kitoblarni ular topilgan uylar bilan qo‘shib yoqish uning a’molidir. Ammo kuni kelib, u o‘z kasbining to‘g‘riligiga shubhalanib qoldi va asta-sekin fikrlashni istayotganini sezdi, ana shundan boshlangan isyon ortidan u o‘zi yashab turgan jamiyatdagi tutumni, tartibotni savol ostiga ola boshladi. Alaloqibat u o‘zi kabi insonlardan iborat yashirin guruhga qo‘shildi… Ilk bor nashr etilganiga qariyb 70 yil bo‘lsa-da, Rey Bredberining dunyo miqyosida tan olingan “Farengeyt bo‘yicha 451º” asari hamon jahon adabiyotining sara asarlaridan bo‘lib kelmoqda. Ushbu distopik asarda ko‘tarilgan mavzular bugun har qachongidan ham dolzarbroq tus olib boryapti.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 49 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish