
Farzandnoma
Obiddin Mahmudov
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943790056
- Betlar soni
- 352
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- G'afur G'ulom
- Muqova
- Qattiq
Axloq-odob – mustahkam zaminda vujudga keladi, yuksaladi... Mustahkam zamin, bu – donishmand bobo-momolarning ko‘p ming yillik axloqiy- ruhiy, hayotiy tajribalari, ma’rifatli ota-onalarning maqbul tarbiyasi, munavvar fikrli ustozlarning ilmu hikmatga boy ta’lim-o‘gitlari, zakovat xazinasi bo‘lmish azizu fozillarning ulkan ma’naviy ibrati, adolat va yurtparvar yo‘lboshchi, rahbarlarning samimiy yo‘l-yo‘riqlari hamda saxovatpesha zotlarning ko‘rsatgan xolis yordamidir. Bunday sog‘lom muhitda voyaga yetgan yosh avlodning, turgan gapki, odobi go‘zal, bilimi chuqur, tafakkuri yuksak, mushohadasi keng, mas’uliyatni teran his etadigan, muhimi, jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan komil inson bo‘lib shakllanadi. Ushbu kitob farzand tarbiyasi va uning kamoloti uchun befarq bo‘lmagan ota-onalarga, ustoz murabbiylarga, qolaversa, insoniyatning ma’naviy yuksalishi yo‘lida jon kuydirayotgan fidoyi, zahmatkash ziyolilarga mo‘ljallangan. U siz va zurriyotlaringiz sevib o‘qiydigan asarga aylanadi, deb umid qilamiz.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 3 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish