Futbol to'pining sayohati muqovasi

Futbol to'pining sayohati

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Bolalar adabiyoti
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943259010
Betlar soni
376
Yili
2019
Nashriyot
O'zbekiston
Muqova
Qattiq

Jonajon yurtimizning istiqlolga erishuvi, azamat xalqimizning o'z erkini qo'lga kirituvi oson kechmagan. Bu muqaddas orzu yo'lida necha-necha avlod jon tikib kurashib keldi. O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning yosh kitobxonlar orasida behad suyukli bo'lib kelayotgan, xalq dostonlari ohangida bitilgan «Dahshatli Meshpolvon» qissasida aynan ozodlik uchun kurash bosh mavzu qilib olingan. Unda bosqinchilar asir qilib olib ketgan ota-onasini sog'inib-sog'inib, oxiri qutqarib kelishga otlangan bo'z bolaning bir-biridan qiziq kechinmalari qalamga olingan. Meshpolvon soddagina, to'porigina bo'lsada, uning qalbida uyg'ongan chapanicha shiddat, milliy oriyat, zo'ravonlikka nafrat kabi tuyg'ular boshqa yurtdoshlarining ham ko'ngliga o't soladi, oxir-oqibatda xalq qozg'alib, bosqinchilarni ona tuprog'idan uloqtirib tashlaydi. Odil Burgutshoh haqidagi nazmiy ertakda yurt tinchligini asrash naqadar mushkul vazifa ekanligi, tashqi g'animlar qavm ichida kelishmovchiliklar keltirib chiqarishga, hatto yaqin jigarbandlar orasiga nizo solishga, mamlakatni parokanda qilishga urinaverishi bayon etiladi. Bu - hozirgi kunimiz uchun ham nihoyatda dolzarb mavzu. Adibning ushbu kitobdan joy olgan «0099 ragamli yolg'onchi», «Futbol to'pining sarguzashtlari» asarlari, she'rlari ham yumorga, gozal tasvirlarga o'ta boyligi bilan o'quvchilarni o'ziga maftun etishiga shubha yo'q.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 39 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish