Garri Potter va olov kuboki muqovasi

Garri Potter va olov kuboki

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943536753
Betlar soni
719
Yili
2019
Nashriyot
Kamalak-Press
Muqova
Qattiq

« Garri Potter »romanlar turkumining ushbu qismida bu yil « Xogvars » da Uch sehrgar bellashuvi bo'lib o'tadi. Sehrgarlar olamida nihoyatda qiziqarli sanaladigan ushbu tadbirda Yevropadagi uchta yirik maktab: « Хogvars », « Belstek » va « Durmshtrang » o'quvchilari orasidan saralab olingan chempionlikka da'vogarlar ishtirok etadi. O'tmishda o'tkazilgan Uch sehrgar bellashuvlarida o'lim bilan yakun topgan holatlar soni haddan ortiq oshib ketgach, tadbirning o'tkazilishi to'xtatilgan. Bu gal esa bellashuv o'tkazilishiga doir maxsus qaror qabul qilinib, chempionlikka da'vogarlar orasida yosh bo'yichа cheklanishlar joriy etilgan. Uch sehrgar bellashuvining uch nafar ishtirokchisini, xususan, «Хogvars » maktabidan Sedrik Diggorini, « Durmshtrang » maktabidan Viktor Krumni, « Belstek » maktabidan Flyor Delakyorni saralab olgan Olov kuboki kutilmaganda to'rtinchi ishtirokchisi Garri Potterning ismi yozilgan pergamentni ham chiqarib berdi! Hamma, shu jumladan, Garrining o'zi ham hayron. Iloj qanchа, qoidaga amal qilish shart. Bu bellashuvning oqibatlari haqida esa asarni o'qish davomida bilib olasiz. Marhamat, qadrli kitobxon, voqealar rivojini o'qing va zavqlaning.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 40 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish