Garri Potter va Qaqnus ordeni muqovasi

Garri Potter va Qaqnus ordeni

Joanna Ketlin Rouling

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943603295
Betlar soni
944
Yili
2019
Nashriyot
Ilm-Ziyo-Zakovat
Muqova
Qattiq

Yozgi ta'tilning dastlabki oyini sehrgarlar olamidan narida, magl qarindoshlari-Dursllarning uyida, qamoqda o'tirganday dunyobexabar oʻtkazayotgan Garri bilan uning bezori xlavachchasi Dudliga kutilmaganda dementorlar hamla qiladi. Tabiiyki, Garri dementorga qarshi qoʻllaniladigan, sehr-joduning eng oliy darajasiga mansub afsunlar turkumiga kiradigan, himoyachi afsunini qoʻllashga majbur boʻlib, o'zi bilan dementor oʻrtasidagi to'siq vazifasini o'taydigan moddiy tusga ega himoyachisini hosil qiladi. Biroq uning ushbu ishi 1875- yili qabul qilingan "Balog'atga yetmaganlar orasida sehrgarlik faoliyatini oqilona cheklash toʻgʻrisidagi dekret" ning qo'pol ravishda buzilishi sifatida tasniflanib, Sehrgarlik vazirligi tomonidan intizomiy jihatdan muhokama qilinadi va Dambldorning himoyasi hamda Dursllarning mushukboqar qoʻshnisi, endi aniqlanishichа, tabiatan shvax boʻlgan Arabella xonim Figgning guvohligi ila oqlanadi. Shuningdek, Garri yozgi ta'tilning qolgan qismini Londonning Pinhoniylik maydonida oʻtkazib, Voldemortga qarshi kurash olib boradigan, Yovuz Lordning rejalari hayotga tatbiq etilishi, dahshatli niyatlarining amalga oshishiga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rib boradigan Qaqnus ordeni va uning faoliyati bilan tanishadi. Bu yil maktabga sehrgarlik vazirining katta oʻrinbosari Dolores Jeyn Ambrij yovuz kuchdan himoya fanining yangi o'qituvchisi sifatida ish boshlaydi. Keyinchalik Xogvarsning bosh inspektori etib tayinlangan ushbu baqa-ayol bilan Garrining oʻrtasida kechgan keskin munosabatlar, bolaning Ichki ko'rishday kechgan tushlari, unda dam Yovuz Lordning iloni Nagayna, dam Voldemortning koʻzi ila turli hodisalarni kuzatib borishi, Dambldor armiyasiga asos solinib, Garrining ushbu yashirin jamiyatdagi faoliyati, Sehrgarlik vazirligining Sirli sehr boʻlimi tasarrufidagi Bashoratlar zalida shishа idishda saqlangan bashorat uchun kurash kabi hodisalar "Garri Potter" romanlari turkumining mazkur beshinchi qismida bayon etilgan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 47 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish