
Genetik
Isajon Sulton
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910897337
- Betlar soni
- 304
- Yili
- 2024
- Nashriyot
- Boshqa nashriyotlar
- Muqova
- Qattiq
Isajon Sulton – bugungi milliy adabiyotimizning yorqin vakili. Uning «Boqiy darbadar», «Ozod», «Genetik», «Alisher Navoiy» romanlari allaqachon kitobxonlar qalbidan joy olgan. Yozuvchining uslubi, mavzu ichida urg‘u berilajak jihati, aytish mumkinki, o‘quvchini mutolaaga bog‘lab qo‘yadi. Mazkur kitobdan ikkita roman – fikr-mulohazalarga undovchi, charxlovchi SO‘Z – «Genetik» va «Ozod» o‘rin olgan. «Genetik» romani – elning olis-yaqin qishloqlaridan birida tug‘ilib o‘sgan, zamonaviy ilm yordamida o‘z xalqining teran ildizlariga razm solgan yigitchaning o‘y-fikrlaridan hikoya qiladi . «Ozod» romani murakkab kompozitsiyaga va milliy an’analarimizning yangicha talqiniga bag‘ishlangan voyaga yetib kelayotgan bir o‘spirinning ma’no va hikmat dunyolariga qadam qo‘yishi, o‘zligini anglab yetishi, shuningdek, butun olam, agar inson qiymat bermasa hechligi va dunyodagi har bir narsa inson beradigan qiymatga zor ekanligi haqidadir. Butun olam, tevarak-atrofdagi voqealar va hodisalar Ozodni taniydilar.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 52 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish