G'oyib bo'lgan atirgul muqovasi

G'oyib bo'lgan atirgul

Serdar O'zkan

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943848221
Betlar soni
192
Yili
2022
Nashriyot
Factor Books
Muqova
Qattiq

Aziz kitobxon! Choʻpon yigit Santyagoning sarguzashtlari, Kichkina Shaxzodaning boshdan oʻtkazganlari, oqcharlok Jonatan Livingstonning koʻrgan-kechirganlari yodingizdadir? Mana, qoʻlingizda yana bir oʻzni va oʻzgani anglash haqida g'aroyib asar turibdi. Kitob muallifi taniqli turk yozuvchisi Serdar Oʻzkan, yosh boʻlishiga qaramay, dunyo kitobxonlarining koʻnglidan joy olib ulgurdi, desak, mubolagʻa boʻlmas. Serdar Oʻzkan millionlab nusxalarda nashr etilayotgan asarlarida madaniyatlar toʻqnashuviga urg'u bersa-da, oʻz qaxramonlariga inson oʻlaroq yondashadi, turli mintaqa vakillarining farqli va oʻxshash jihatlarini har xil rakurslarda koʻrsatadi, ularning iztiroblariyu tashvishlarini yorqin boʻyoqlarda tasvirlaydi. "Turklarning Kichkina Shahzodasi” deb atalayotgan "Gʻoyib Serdar Oʻzkanning aytishicha, uning ilk romani boʻlgan atirgulning gʻoyasi Sharq odami uchun begona hisoblanmish "sexrli diyor”da oʻqib yurgan kezlarida paydo boʻlgan ekan. Mazkur asar kishining xayoliga ham kelmaydigan chuqur kechinmalar hamda nozik ruhiy tasvirlar ila, nafis afsona, teran hikmat va goʻzal ertak qorishiklarida hikoya kilinadi. Kitob qalb amriga quloq solish va vahimayu xavotirlar changalidan xalos boʻlish haqida. Ehtimolki, eng qiyin daqiqalarda ruhiy xotirjamlikka erishishingizda koʻmak berishi mumkindir. Garchi kitob jiddiy mavzuda bitilgan esa-da, tili shiraligi tufayli yengil, bir nafasda oʻqiladi. Oʻzingizni qiynayotgan savollarga javob topish yoʻlida sizga hamroh boʻla oladi. Buning uchun esa qalb sayohatiga yoʻl olishingiz lozim boʻladi. Zero, "Ichingizdagi ichingizdadir”.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 31 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish