
Halol ochiq-oydindir, harom ochiq-oydindir
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- Nashrga qarab farq qiladi
- Betlar soni
- 168
- Yili
- Nashrga qarab farq qiladi
- Nashriyot
- Nashrga qarab farq qiladi
- Muqova
- Yumshoq
Bandalariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini Islomning ikkinchi masdari qilib bergan Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin! Ummatlariga hadis nimaligini batafsil tushuntirib, undagi ta’limotlar qanday amalga oshirilishini ko‘rsatib bergan mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin! Dindoshlariga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarini o‘rgatib, ularga amal qilishni osonlashtirib bergan muhaddislarimizga Alloh taoloning cheksiz rahmati bo‘lsin! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan ruhiy tarbiya yo‘llarini topib, ularni mo‘min bandalar hayotiga tatbiq qilishni yo‘lga qo‘ygan mashoyixlarimizga Alloh taoloning mag‘firati bo‘lsin! Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan fiqhiy qoidalar chiqarib, mazkur qoidalar orqali ko‘plab masalalarni yechgan, musulmon bandalarga amal eshigini ochib bergan faqihlarimizni Alloh taolo O‘z rahmatiga olgan bo‘lsin! Ammo ba’du: «Islomning madori bo‘lgan hadislar» degan umumiy nomdagi silsilamizning birinchi qismida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir» degan hadislari xususida ojizona so‘z yuritdik. Endi mazkur silsilaning ikkinchi qismida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, halol ochiq-oydindir» degan hadisi shariflari haqida yana ojizona bahs qilish niyatidamiz. Bu ishni Alloh taoloning O‘zi bizga oson va ravon, fayz-barakotli hamda unumli va xayrli qilsin! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr, Qamar do'konlaridan 4 ta taklif topildi, narxi 25 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish