
Hikoya
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943207424
- Betlar soni
- 688
- Yili
- 2021
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Xurshid Do'stmuhammad saylanmasi sifatida nashrga tayyorlangan to'rt jildlik majmuaning birinchi kitobi «Hikoya» deb nomlandi. Muallif hikoyaga «erka, shu bilan bir vaqtda g'oyatda yashovchan nasriy janr» deya nisbat bergan, buning bejiz emasligiga mazkur to'plam mutolaasi asnosida ishonch hosil qilasiz. Ko'p yillik ijod namunalaridan saralangan hikoyalarning har birida bir qismat bor. O'quvchi mutolaaga kirishar ekan, nafaqat qahramon bilan, balki muallif bilan suhbatlashadi, dardlashadi, o'rni kelsa, bahslashadi, o'yga toladi. Аytish joiz, Xurshid Do'stmuhammad hikoyalari oson o'qilmaydi, ularni mulohaza, fikr chig'irig'idan o'tkazishga to'g'ri keladi. Аslida ham adabiyotning ulug' maqsadlaridan biri o'quvchini mushohadaga o'rgatish orqali badiiy didni tarbiyalash ekanligini hisobga olsak, adib yozganlariga befarq qolmasligingiz muqarrar. Taniqli adibimizning «Hikoya» deya atalguvchi o'ziga xos badiiy olamiga xush kelibsiz, azizlar!
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish