
Ichki kasalliklar
Abdig'affor Gadayev
- Kategoriya
- Ilmiy-ommabop
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943466920
- Betlar soni
- 772
- Yili
- 2024
- Nashriyot
- Muharrir nashriyoti
- Muqova
- Qattiq
So‘nggi yillarda ichki kasalliklarning etiologiyasi, patogenezini o‘rganish, tashxislash va davolashni mukammallashtirishda sezilarli ijobiy natijalarga erishildi. Bu, avvalo, amaliyotga yangi zamonaviy laborator-asbobiy tekshirish usullarining joriy etilishi va yuqori samarali dorilarning yaratilishi bilan bog‘liq. Lekin shunga qaramasdan, butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham aholi orasida keng tarqalgan yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Uning qator obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Masalan, amaliyotda ishlayotgan shifokorlar yuqorida qayd etilgan zamonaviy usullar bilan kerak darajada tanish emas, shuningdek, talabalar uchun o‘zbek lotin alifbosida darsliklar yetarlicha nashr etilmagan. Shularni e’tiborga olib, lotin alifbosida qayta nashr etilayotgan mazkur darslik tibbiyotning so‘nggi yutuqlariga tayanilgan holda tibbiyot institutlarining davolash va tibbiy pedagogika fakultetlari IV-VI kurs talabalari o‘quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. Unda aholi orasida keng tarqalgan ichki kasalliklar batafsil yoritilgan. Darslikdan nafaqat talabalar, balki amaliyotda ishlayotgan shifokorlar ham foydalanishlari mumkin.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish