Ilon o'chi muqovasi

Ilon o'chi

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943738997
Betlar soni
368
Yili
2021
Nashriyot
Zabarjad media
Muqova
Qattiq

Mirmuhsin ijodiga befarq bo'lmagan o'zbek kitobxonlari ko'p oramizda. Eʼtiboringizga havola etilayotgan 45 hikoyadan iborat «Ilon o'chi» romani adib ijodining go'zal namunasi, gultoji desak, adashmaymiz. Mirmuhsin ushbu asariga nega ramziy nom berdi? Odamlar orasida shunday toifa borki, ular «inson» degan sharafga munosib emaslar. Xatti-harakatlari, gap-so'zlari orqali odamlar qalbini, kerak bo'lsa, hayotini tamoman izdan chiqargan, birovga yomonlik qilmasa turolmaydigan qahramonlarini yozuvchi ana shunday ataydi. «Ilon o'chi» faqat insonlar taqdiridan hikoya qiluvchi asar bo'libgina qolmay, unda xalqning asriy muammolari ham qalamga olingan: tilimizning qadr-qimmati, ajdodlarimizning tarix sahnasidagi munosib o'rni, oila shaʼni, er va ayol o'rtasidagi muhabbatni mustahkamlovchi rishtalar, sevgining inson hayotidagi hal qiluvchi roli haqidagi jiddiy mulohazalar kitobxonni o'yga toldiradi. Romanda ko'tarilgan muammolar ayni bugunning ham bosh mavzusi bo'lib qolayotgani o'zini shu zaminning chin farzandi deb bilgan har bir uyg'oq qalbli insonni hushyor torttiradi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 42 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish