
Ityurak
Mixail Bulgakov
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943207004
- Betlar soni
- 128
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Aksariyat yozuvchilar hayot haqiqatlarini aytishda ramziylikdan foydalanadilar. Bulgakovning mazkur asarini o‘qirkanmiz, sho‘ro jamiyatining kirdikorlari fantastika tarzida fosh yetilganiga guvoh bo‘lamiz. Olim Preobrajenskiy itga odam miyasini ko‘chirib o‘tqazadi va jonivor Sharikov deb nom qo‘yilgan odamsifat maxluqqa - ongli, ammo ityurak bir mavjudotga aylanadi. O‘sha davrda bu obrazni aslida bolsheviklar dohiysining timsoli, deb baholashgan. Hozirgi zamonda esa ilm-fan yutuqlarining-sun’iy urchitish yo‘li bilan turli jonivorlar va hattoki inson klonini yaratishga urunishlarning oqibatida yuzaga keladigan halokat - har xil zombiyu manqurtlar, mutantlar paydo bo‘lishi mumkinligi anglashiladi. Asarni dastlabki mutolaada tushunmaslik va Bulgakov maqsadiga yetib bormaslik tabiiy. Kitobni qayta qo‘limizga olarkanmiz, undagi ba’zi obrazlarni atrofimizda ko‘ramiz. Kim edigu, kim bo‘ldik yoki kim bo‘lamiz- hech bo‘lmaganda o‘zimizni taftish qilish payti keldi..
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 23 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish