
Izhor
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943207943
- Betlar soni
- 640
- Yili
- 2021
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Xurshid Do'stmuhammad ijodi keng kitobxonlar ommasiga yaxshi tanish. Аdib uslubi o'ziga xosligi, yaʼni xilma-xil va serqatlam mulohazalarga boyligi, shuningdek, ramz, timsol va tashbehlarga moyilligi bilan o'quvchining yodida qoladi. Shunchaki voqealar bayonini emas, balki ular taʼsirida tug'ilgan kechinmalar, falsafiy va badiiy to'qimalarni takdim etadi. Zukko va nozik didli kitobxonlarni qalbiga yaqin tutadi. Ijod - o'quvchini mudom mutolaaga, mulohazaga, fikriy faollikka undamog'i, chorlamog'i kerak, deb hisoblaydi. Аdibning qariyb yarim asrlik ijodi saralanib, to'rt jildli kitob nashrga tayyorlandi. «Hikoya», «Qissa», «Roman» va to'rtinchisi ko'lingizdagi - «Izhor». «Izhor»da jamlangan so'zlar qalbdan chiqqan samimiy talqinlar, tahlillar, tadqiqlardan iborat. Kitobni o'qir ekansiz, yozuvchi qarshingizda nafaqat sohir ijodkor, balki ajoyib do'st, daryodil ustoz, sadoqatli shogird, bir so'z bilan aytganda, chin inson sifatida gavdalanadi. Аdabiyotimizda bunday shaxslar bor ekan, kitoblar ko'p yashaydi. Kitob yashar ekan, millat yashaydi. Qo'lida kitob tutgan xalq bo'lishimizda hissa qo'shayotgan ijodkorlar bor bo'lsin!
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish