Iztirob muqovasi

Iztirob

Rashod Nuri Guntekin

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943206519
Betlar soni
128
Yili
2021
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Yumshoq

Asar bosh qahramoni Zahro-maktabning katta oʻqituvchisi. Fidoyi, jonkuyar, mehnatkash, bir soʻz bilan aytganda, jonsarak ayol. Zahroning boshlig'i, yaʼni maorif mudiri uni nihoyatda hurmat qiladi, ish borasida muvaffaqiyatlarini eʼtirof etadi, ammo xodimining bir jihatini sira qabul qilolmaydi: Zahroda rahm-shafqat, kechirish tuygʻusi yoʻq! Buning sababi balki shafqatsizlik dunyosida qolib ketgan bolalikka borib taqalar, balki bu tuygʻular uzun tunlarda ota-onasining janjallaridan qoʻrqib, unsiz toʻkilgan koʻz yoshlar bilan uni tark etgandir... Atrofdagilarni hayratga soladigan darajada sovuqqonlik bilan qabul qilgani otasining oʻlimi Zahroni kutilmagan voqealar bilan yuzlashtiradi. Murshid afandiga tegishli almisoqdan qolgan sandiq tubidagi eski kundalik Zahroning yuragida toshday qotgan xotiralarni yoʻqqa chiqaradi. Bir umr nafratlanib kelgan otasi, bola qalbi bilan anglagani - beayb opasining oʻlimi va shafqatsizlik qurboni boʻlgan onasi haqidagi qaydlar Zahroga haqiqatning boʻy-bastini toʻlaligicha namoyon etadi. Haqiqat bizga yoqmasligi mumkin, ammo uni bilishimiz kerak... Aynan bilmaslik Zahroni eng oliy insoniy fazilatlardan mosuvo qilgan edi. Haqiqat unga qanday taʼsir qildi? Bilish uchun, albatta, kitob mutolaasiga kirishamiz...

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 11 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish