
Jinoyat huquqi
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- Ilmiy-ommabop
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943801059
- Betlar soni
- 176
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Yuridik adabiyotlar publish
- Muqova
- Qattiq
Ushbu oʻquv qo'llama "Jinoyat huquqi" (Umumiy qism) o'quv kursining dasturi asosida tayyorlangan boʻlib, qoʻllanmada jinoyat qonuni prinsiplari, jinoyat tushunchasi va uning belgilari, jinoiy javobgarlik va uning asoslari, jinoyat tarkibi va uning elementlari, tamom boʻlmagan jinoyatlar, ishtirokchilik, bir qancha jinoyat sodir etish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, jazo tushunchasi, maqsadi va uning turlari, jazo tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligi hamda tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qoʻllash kabi masalalarni oʻz ichiga qamrab oladi. Ushbu oʻquv qoʻllanma Jinoyat huquqi Umumiy qismi boʻyicha kerakli ma'lumotlarni olishga, oliy yuridik oʻquv yurtlarining professor oʻqituvchilariga dars jarayonlarini tashkil etishga, talabalarning oʻquv mashgʻulotlar va imtihonlarga, amaliyotga tayyorgarlik koʻrishida yordam beradi. O‘quv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qoʻllanma sifatida tavsiya etiladi. Ushbu oʻquv qoʻllanma amaldagi Jinoyat kodeksining 2022-yil may oyigacha boʻlgan holatiga ko'ra yozilgan.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish