Jon shirin muqovasi

Jon shirin

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910953361
Betlar soni
288
Yili
2024
Nashriyot
Turon Zamin
Muqova
Qattiq

Haqiqat egiladi, bukiladi, ammo hech ham sinmaydi. Atoqli adibimiz Pirimqul Qodirovning „Jon shirin" nomli hikoyasini o'qiganingizda, beixtiyor shu jumlani yod etasiz. Viloyatdagi kattaroq amaldorlarning xatosi tufayli o'n gulidan bir guli ochilmagan o'smirning bevaqt ko'z yumishi va bu jinoyatni aybdorlar imi-jimida bosti-bosti qilib yuborishga urinishlari ko'ngillarni larzaga soladi. Asar qahramoni bunday adolatsizlikka chiday olmay, o'zidan yuqori mansabdorlarga qarshi so'z aytishi natijasida kelajagi xavf ostida qolishi esa, hikoyaga bo'lgan qiziqishingizni yanada oshiradi. Xo'sh, aybdorlar o'z qilmishlari uchun jazo olishadimi? Haqiqatparvar shifokor yigit yuqoridan bo'ladigan bosimlarga qanday chap bera oladi?.. Asarni o'qish orqali siz bu savollarga javob topasiz. To'plamdan shuningdek, „Erk" hamda „Akromning sarguzashtlari" qissalari, „Jangchining qasosi", „Ilinj" singari qiziqarli hikoyalar ham o'rin olgan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 35 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish