Katta to'rtlik muqovasi

Katta to'rtlik

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Ma'lumot yo'q
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943759251
Betlar soni
432
Yili
2021
Nashriyot
Zukko kitobxon
Muqova
Qattiq

«Аmazon”, “Аpple”, “Facebook” va “Google”— dunyodagi to'rtta eng nufuzli kompaniyalar. Deyarli barcha kishilar mazkur kompaniyalarning qanday qilib bu darajaga yetgani haqida bilishiga ishonadi. Lekin ularning bari adashadi. So'nggi yigirma yil ichida, ushbu kompaniyalarning kuchli tomonlari va ajoyib yutuqlarini hech kim Skott Gellouey kabi chuqur tushunib yetmadi va tasvirlab bera olmadi. Аyni “buyuk”lar tomonidan tarqatilgan afsonalardan shubhalanib, Gellouey jiddiy savollar beradi. “Katta to'rtlik” qanday qilib bizning hayotimizga shu qadar qatʼiy kirib bordiki, endi undan yashirinish yoki qarshi turishning sira imkoni yo'q? Uning trillion dollarlik sarmoya ortidan quvishiga kimdir halal bera oladimi? Gellouey biznes-maktabida o'qiyotgan minglab talabalarni xuddi shunday takrorlanmas tarzda o'z maʼruzalariga jalb qiladigan “Katta to'rtlik”ning yorqin peshtoqi ortida yashiringan yo'nalishlarni tahlil etadi. U biznes buyuklari odamlarni tarixdan oldingi davrdan buyon boshqarib kelayotgan asosiy hissiy ehtiyojga nisbatan qanday murojaat qilishini va toki ortidan boshqalar yugurmasligi uchun ularni manipulyatsiya qilishlarini ko'rsatadi. Va, albatta, muallif har bir kishi "Katta to'rtlik”ning muvaffaqiyat borasidagi hikoyalaridan o'z bizneslari yoki karyeralari uchun qanday saboq olishlari mumkinligi haqida hikoya qiladi. "Katta to'rtlik” bilan raqobatlashasizmi-yo'qmi, ushbu kompaniyalar bilan hamkorlik qilishni xohlaysizmi yoki shunchaki ular hukmronlik qiladigan dunyoda yashaysizmi — har qanday holatda ham ular qanday tashkil etilganini tushunish kerak.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 68 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish