Keling, Qur'on yodlaymiz muqovasi

Keling, Qur'on yodlaymiz

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943703100
Betlar soni
416
Yili
2021
Nashriyot
Hilol-nashr
Muqova
Qattiq

Ma’lumki, xalqimiz qadimdan Alloh taoloning Kalomiga muhabbati benazir, Qur’on ‎ahliga muxlis, uni o‘qib-o‘rganishga, yod olishga ishtiyoqmand eldir. Bu aziz xalq ‎Robbining Kalomiga bo‘lgan iymoni, muhabbat va ishtiyoqi kamoli balandligidan hatto ‎sho‘ro davrida ham Qur’oni Karimni kaftida cho‘g‘ tutgandek saqlab, Qur’onni o‘rganish va ‎o‘rgatishni fidokorlik bilan davom ettirib keldi. Allohga hamdlar bo‘lsinkim, ‎yurtimiz mustaqil bo‘lgandan buyon turli ilmiy sohalar qatori, Qur’on ta’limi ham ‎taraqqiy etdi. Xalqimizda kun sayin Qur’oni Karimga bo‘lgan e’tibor oshgandan oshib ‎bormoqda. Jumladan, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutining alohida ‌‎«Tahfizul Qur’on» kafedrasi mavjud bo‘lib, u Qur’on hofizlarini tayyorlashga ‎ixtisoslashgan.‎ Qo‘lingizdagi kitobda qanday qilib Qur’on hofizi bo‘lish haqida so‘z boradi. ‎ Kitob olti bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda Qur’on haqida, uni yod olishning ‎fazilatlari bayon qilinadi. ‎ Ikkinchi bobda Qur’oni Karimga oid odoblar borasida so‘z yuritilsa, uchinchi bobda ‎Qur’onni yodlash uslublari, zehnni ishga solish, unutishdan saqlanish, takrorlash kabi ‎mavzular bilan tanishasiz.‎ To‘rtinchi bobdan Qur’oni Karimga oid ba’zi qiziqarli ma’lumotlar o‘rin olgan.‎ Beshinchi bobda esa Qur’onni yod olish va xatm qilishni osonlashtiruvchi ayrim ‎jadvallar taqdim qilingan.‎ Ma’lumki, Qur’oni Karimda bir qancha mutashobih (o‘xshash) oyatlar bor. Ko‘pchilik ‎qorilar ana shu o‘xshash oyatlarni yoddan tilovat qilganlarida adashtirib ham qo‘yadilar. ‎Bunday o‘xshash oyatlarni yaxshi o‘zlashtirish, ularning farqlarini bilib, bir‑biridan ‎ajratib olish alohida e’tibor talab qiladigan ilm bo‘lgani uchun so‘nggi oltinchi bobni ‎mutashobih oyatlarga bag‘ishladik. Bu mavzuni bayon qilish uchun qadimgi va eng ishonchli ‎manbalardan ikkitasi asos qilib olindi. Ular shayx Abul Hasan Aliy ibn Muhammad ‎ibn Abdussomad ibn Attos Hamadoniyning «Hidoyatul murtab» kitobi hamda Abu ‎Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Asbahoniyning «Durratut-tanzil va g‘urratut-ta’vil ‎fil ayatil mutashabihati fi Kitabillahil Aziz» nomli asaridir.‎ Risola mustaqil o‘quvchilar hamda islomiy bilim yurtlar talabalari uchun ‎mo‘ljallangan.‎

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish