Kimyo | Boshlang'ich saboqlar muqovasi

Kimyo | Boshlang'ich saboqlar

Jahongir Qo'nishev, Habiba Karayeva, Sattorxon Burxonov

Qog'oz
Kategoriya
O'quv qo'llanmalar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789943689008
Betlar soni
120
Yili
2021
Nashriyot
Zamin nashr
Muqova
Qattiq

Mazkur qo‘llanma ensiklopedik xarakterga ega bo‘lib, kimyo fanidan boshlang‘ich bilimlarni o‘z ichiga oladi. Darslik ikki bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘lim sof modda va aralashmalar haqida bo‘lib, unda moddalarning zarrachali tuzilishi, sof moddalar, aralashmalar, aralashmalarning ajratilishi, maishiy chiqindilar va qayta ishlash bilan bog‘liq mavzular o‘rin olgan. Ikkinchi bo‘lim modda va ishlab chiqarish haqida bo‘lib, unda davriy sistema, fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlar, kimyoviy reaksiyalar, kislota va asoslar, moddalarga issiqlikning ta’siri, kimyo sanoati to‘g‘risida mavzular o‘rin olgan. Darslik illustratsiyalarga boyligi, mavzular ko‘rgazmali holda batafsil bayon etilgani, tilining o‘quvchilar yoshiga mos holda sodda va ravon ekani bilan ajralib turadi. Ushbu qo‘llanma tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktablar, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari, o‘quvchilari, kimyo fani bo‘yicha Olimpiada ishtirokchilari va kimyo fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 38 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish