
Ko'lmak suvda quyosh parchasi
Fransuaza Sagan
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910708442
- Betlar soni
- 240
- Yili
- 2025
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Fransuz adibasi Fransuaza Sagan "Assalom qayg'u" romani orqali o'zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. Yozuvchining ilk romanida bo'lgani kabi mazkur asarida ham insoniy munosabatlarning murakkab dunyosi qalamga olinadi. Mana shu murakkablik asosi bo'lgan o'zaro shubha, gumonlar — hatto eng zig'irchasi-da — sevgilarni payhon qiladi. Tiyiqsiz nafratga olib keladi. Oxir-oqibat esa hafsalasizlik va dunyoga shunchaki etak siltashga... Kimdir hayot va insonning bunday noqisligiga ko'z yumib, yashashda davom etishning uddasidan chiqadi. Boshqalari esa ishonchsiz, sevgisiz dunyoda bor bo'lishdan ortiq naf ko'rmaydilar. Ular yo'qlik yo'lini o'z ixtiyoriga ko'ra tanlaydi. Sagan deyarli hamma asarida munosabatlardagi tugallikning idealini izlaydi. Jumladan, qo'lingizdagi kitobda ham. Afsus, uning kutuvlari, umidlari inson illatlari va noqisliklarining zolim to'riga tushib, qayta-qayta mavh bo'laveradi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 33 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish