
Leksington arvohlari
Haruki Murakami
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789910601224
- Betlar soni
- 192
- Yili
- 2025
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
"Leksington arvohlari" Haruki Murakami ijodining eng noyob, eng murakkab psixologiya va metafizika uyg‘unlashgan hikoyalar to‘plamidir. Bu kitobda muallif inson ongining yashirin qatlamlari, yolg‘izlikning sokin, ba’zan qo‘rqinchli ohanglari, tasodif va taqdirning kutilmagan to‘qnashuvlarini o‘ta nozik estetik sezgirlik bilan badiiy aks ettiradi. Murakami qahramonlari kechagi xotiralar, murakkab tuyg‘ular, o‘tmishdagi og‘riqlar va tushunarsiz hodisalar domida yashaydi. Hikoyalar syujeti sokin, lekin ichki keskinlik bilan to‘la. Muallif g‘ayritabiiylik va real hayot o‘rtasidagi pillapoyalar uzra yurib, o‘quvchini ham bu noaniq, jozibali hududga boshlab kiradi. Uning minimalizm, ichki musiqiylik va metaforik qatlamlar uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘lgan uslubi inson ruhi, vaqt, xotira va yolg‘izlik haqida chuqur falsafiy mushohadalarni o‘rtaga qo‘ya olgani hamda sukunli bezovtalik hissiga to‘ldirishi bilan o‘qirmanni aslo befarq qoldirmasligiga ishonamiz.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 38 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish