
Lolazor
Murod Muhammad Do'st
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943208223
- Betlar soni
- 672
- Yili
- 2021
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Bugungi kun kitobxoni kutgan asar – «Lolazor» nihoyat, qo‘limizda! Garchi romanning ilk nashri o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligiga to‘g‘ri kelsa-da, u o‘quvchilar «to‘ymagan» asarlardan biri hisoblanadi. Nega? Sabab oddiy – asar voqealari ayni kunimizdan, biz yashayotgan jamiyat «sir»laridan so‘zlaydi. Mutolaa davomida qahramonning umr yo‘li, faoliyati bilan tanishasiz. Bu yo‘lning dastlabki qadamidan to so‘ngiga qadar o‘quvchi asosiy obrazlardan biri – Yaxshiboyevga hamroh bo‘ladi. Yana biri – Oshno bilan do‘st tutinadi. Lekin birda hamfikr bo‘lsa, birda ularga qarshi chiqadi. Qarshi chiqish bilan esa, tabiiyki, o‘quvchi vaziyatni o‘zgartirmaydi, aksincha, Oshnoning oshnosiga, Yaxshiboyevning shogirdiga, hatto Qurbonoyning fojiasiga aylanadi. Boshqa yo‘l yo‘q – istamagan holda o‘quvchi o‘zining sobit qarashidan voz kechadi! Yana bir ahamiyatli jihati, mutolaa jarayonida asar qahramonlarining ismi shunchaki tanlanmaganiga guvoh bo‘lasiz. Hatto Yaxshiboyev o‘z shogirdlariga murojaat qilar ekan, ularning familiyasini ism o‘rnida ishlatishi bejiz emasligiga amin bo‘lasiz. Boshqaruvchi inson, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, hokimiyat tepasiga kelar ekan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi. Borgan joyini bog‘ qiladimi, gulzor qiladimi, lolazor qiladimi yoki umuman hech narsa – bunisi endi boshqa masala. Asar so‘ngida kitobxon mulohazaga cho‘madi, bir so‘z bilan aytganda, mutolaadan kim nimani izlasa, shuni topadi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish