Maktub muqovasi

Maktub

Muallif: ma'lumot yo'q

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Lotin
ISBN
9789910790775
Betlar soni
320
Yili
2024
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

Jahon adabiyoti namoyandalaridan biri Paulo Koeloning ushbu to‘plamiga “Maktub” hamda «Portobello jodugari» asarlari kiritilgan. “Maktub” dunyoning ko‘plab hikmatli so‘zlarini hamda umumbashariyat uchun bebaho xazina bo‘lmish o‘gitlarini o‘zida jamlagan asar. Uni o‘qish jarayonida kitobxon har qanday murakkabliklarga oson yo‘l bilan yechim topish sirlarini o‘rganib boradi. "Portobello jodugari» asarini o‘qir ekansiz garchi ota-onasidan yiroqda katta bo‘lgan bo‘lsada, bir farzand uchun haqiqiy ota-ona nima qilishi lozim bo‘lsa, lo‘li qiz - Shirinni boqib olgan oila ham unga keragidan ortiq mehr ko‘rsatganining guvohi bo‘lasiz. Ulg‘aygach, Shirinning asli nasliga qanchalik taʼsir qildi? Umid bilan voyaga yetkazgan Samira Xalilga farzandining asrandi ekanligini aytish nima uchun kerak bo‘ldi? Afina ismi Shirin hayotiga qanchalik daxldor? Jodugarlik - qahramonning ichki holatimi yoki xohishi? Uning sirli o‘limi ortida yana qanday sinoatlar yashirin? Mutolaa davomida o‘quvchi juda ko‘p savollar qurshovida qoladi, javoblar ortidan yana javoblar kelib chiqadi, o‘zini anglamoqchi bo‘lgan ayolning hayot va xayol haqidagi haqiqatlari kitobxon ko‘z o‘ngida bor bo‘y-bastini ko‘rsatadi ...

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 42 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish