Mana shuni rizq deymiz muqovasi

Mana shuni rizq deymiz

Shayx Muhammad Mutavalliy Sha'roviy

Qog'oz
Kategoriya
Diniy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943948969
Betlar soni
256
Yili
2025
Nashriyot
Munir
Muqova
Qattiq

Kitob inson hayotidagi rizq masalasi, uning tabiati, manbalari va taqsimlanishiga oid islomiy qarashlarni yorituvchi mazmunli asardir. Muallif ushbu kitobda rizq faqat mol-dunyo bilan cheklanmasligini, balki ilm, sog‘liq, farzand, tinchlik kabi ne’matlar ham rizq hisoblanishini ta’kidlaydi. Kitobda Qur’oni Karim oyatlari, Rasulullox sollallohu alayhi vasallamning hadislari hamda olimlar fikrlari asosida rizqning taqdirga bog‘liqligi, sabablarga bog‘lanishi va Allohning hikmati bilan taqsimlanishi keng yoritilgan. Shu bilan birga, insonning halol mehnat qilishi, shukr va sabr bilan rizqni talab qilishi muhim ekani uqtiriladi. Asar insonni rizq haqidagi tushunchalarni to‘g‘ri shakllantirishga, hasad, ochko‘zlik va bema’ni taqqoslashlardan saqlanishga, Allohning taqsimotiga rozi bo‘lishga chorlaydi. Kitob har bir musulmon uchun ma’naviy tarbiya vositasi, hayotga islomiy qarashni mustahkamlovchi manba bo‘lib xizmat qiladi.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz, Qamar do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 49 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish