Marhumlar oroli 1 muqovasi

Marhumlar oroli 1

Davron Sultonov

Qog'oz
Kategoriya
Badiiy adabiyotlar
Til
O'zbek
Yozuvi
Kirill
ISBN
9789943208193
Betlar soni
336
Yili
2021
Nashriyot
Yangi asr avlodi
Muqova
Qattiq

«Dengizchi tepalikka sekin chiqarkan, asabiylashib titray boshladi. Hafta burun o‘zi ko‘mgan o‘raga yaqin yerda, ungurlar qarshisida to‘xtab, tiz cho‘kdi. Oradan bir daqiqa o‘tmay, uning boshi egilgan tomonda, ungur ichidan ikki qo‘l chiqdi. So‘ng qo‘llar o‘z tanasi chiqishiga yordamlashdi. Hech qancha o‘tmay yer ostidan qora kiyimli, bellarida qilich osilgan besh jangchi paydo bo‘ldi. Jangchilardan biri yaqinlashib, cho‘kkalagancha dengizchining yelkasiga qo‘l qo‘ydi va u sohibining oyoqlaridan o‘pdi. Unga yana bir kun yashashga imkon berildi. Dengizchi yuzini ko‘tarmay, boshini changalzor tomon burdi. O‘zini tutib tura olmay, daraga tushib ketayotgan jangchilar ortidan qaradi va har doim dahshat ichra ko‘rganiga shohid bo‘ldi. Sohiblari go‘yo tirik odamdek odimlab borishar, ularni tirik, deyish ham mumkin edi-yu, bir narsa bunga monelik qilardi: ularning boshi yo‘q edi. Boshsiz tanalarni esa tirik odamlar, deb bo‘lmasdi...» Talablarga binoan, fantastik va noodatiy voqealar, tasvirlar, sirli va chigal jinoyatlarni o‘zida aks etgan yana bir detektiv asar yosh ijodkor Davron Sultonovdan Siz aziz o‘quvchilar e’tiboriga havola etilmoqda. Sir-sinoatlarga boy .Marhumlar oroli romani voqealari ham sizga tanish bo‘lgan «Afsonaviy ko‘zgu»dagi Natlandiya mamlakatida ro‘y beradi. Xo‘sh, g‘ayritabiiy jinoyatlarni mashhur izquvar bilan fosh etishga tayyormisiz? Unda kitobning birinchi qismini varaqlashga kirishamiz.

Narxlarni solishtirish

Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 34 000 so'mdan.

Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.

Kirish va narxlarni ko'rish