
Matematikadan qiziqarli mashqlar (1-sinf)
Muallif: ma'lumot yo'q
- Kategoriya
- O'quv qo'llanmalar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943341593
- Betlar soni
- 80
- Yili
- 2023
- Nashriyot
- Qaldirg'och nashriyoti
- Muqova
- Ma'lumot yo'q
Matematikadan qiziqarli mashqlar to'plami shunday tuzilganki, o'quvchi undan sezmagan holda qiziqish va istak bilan mantiqiy topshiriqlarni, qiziqarli kvadrat va uchburchaklarni, rasmli kartochkalar va turli jadvallarni, boshqotirma va rebuslarni, turli arifmetik amallarni bajarishni, og'zaki hisoblarni mashq qilishni, masalalar yechishni oʻrganadi va o'z bilimlarini yanada takomillashtiradi. Qo'llanmada keltirilgan bir qator vazifalar bolaning matematik qobiliyatini, uning mantiqan to'g'ri mulohaza va tahlil qilish mahoratini tekshirish bilan birga uni izlanish muhitiga tortadi. G'alabaga intilishni kuchaytiradi, natijada uning tezkor, uyushqoq, chaqqon, topqir, topshiriqni aniq bajaruvchan bo'lishiga imkon tug'iladi. Bolalar o'rtoqlariga yordam berishni, oʻz istaklariga amal qilishni oʻrganadi. Ularda mas'uliyat, jamoatchilik hissi rivojlanadi, intizom, iroda va xarakter tarbiyalanadi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish