
Matematikaning oltin kitobi
Umid Ismoilov
- Kategoriya
- O'quv qo'llanmalar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Lotin
- ISBN
- 9789943208148
- Betlar soni
- 448
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Yangi asr avlodi
- Muqova
- Qattiq
Talaba boʻlish orzu-umidi bilan ta'lim muassasalarida oʻqiyotgan ko'pchilik o'quvchilar repetitorlarga murojaat qiladilar. Ayrimlarining esa qoʻshimcha maslahat va bilim olishlariga imkoniyat boʻlmaydi. Ana shularni e'tiborga olib, matematika fanidan oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlariga mustaqil tayyorgarlik koʻrish imkonini yaratish maqsadida ushbu qoʻllanma keng oʻquvchilar ommasiga taqdim qilinmoqda. Koʻp yillik tajribadan ma'lumki, o'quvchilar murakkabroq masalalarni individual yechishga qiynaladilar. Shuni e'tiborga olgan holda, qoʻllanmaning «Ifodalarni soddalashtirish, funksiyaning aniqlanish sohasini, qiymatlar sohasini, ifodalarning eng katta va eng kichik qiymatini topish hamda arifmetik hamda geometrik progressiyalarga bag'ishlangan birinchi bobida murakkabroq algebraik ifodalarni, tarkibida irratsional funksiyalar qatnashgan ifodalarni, trigonometrik va logorifmik ifodalarni soddalashtirishda, ayrim murakkabroq koʻrinishdagi funksiyalarning aniqlanish sohalarini, qiymatlar sohalarini, funksiyaning eng katta va eng kichik qiymatlarini topishdek masalalarni yechishda o'quvchiga oson oʻzlashtirish imkonini yaratgan holda bobdagi barcha masalalar yechib berilmoqda. Ushbu qoʻllamada oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlarida berilgan qiyin va murakkab masalalarning oson va qulay yechilish usullari koʻrsatma va izohlar bilan bayon qilingan.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz, Hilol Nashr do'konlaridan 2 ta taklif topildi, narxi 48 500 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish