
Men albatta qaytaman
Elchin Safarli
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943674813
- Betlar soni
- 288
- Yili
- 2021
- Nashriyot
- Sharq Ziyo Zakovat
- Muqova
- Qattiq
...Men o‘sha hayotga qaytishim kerak. U - meniki. Men uchun. Men o‘zim uchun aytayotgan bo‘lsam ham, unda baxt izlab Sharqqa jo‘nab ketgan butun bir ayollar avlodning ovozini eshitaman. Men hech qachon baxt bu yerda, vatanimda yo‘q demaganman va demayman ham. U - mavjud. Kim uchundir, ko‘pchilik uchun. Ammo baxt tushunchasini umumlashtirmoqning iloji yo‘q, har kim uni o‘zicha tushunadi... "Men albatta qaytaman..." asari rus ayoli va sharq erkagi orasidagi ishqning rostgo‘y qissasidir. Mentalitetlar orasidagi tafovut va turli shart-sharoitlarning tazyig‘iga qaramay ular bir-birlari sari g‘ovlarni yengib o‘tishadi. "Men albatta qaytaman..." - davr ruhini tasvirlagan roman bo‘lib, Safarli bir taqdir qissasi orqali baxt izlab Sharqqa yo‘l olgan butun bir rus qizlari avlodining hayot yo‘lini bayon qilib beradi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi, narxi 49 000 so'mdan.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish