
Men kimning qurboniman
Amina Shenlikoʻgʻli
- Kategoriya
- Badiiy adabiyotlar
- Til
- O'zbek
- Yozuvi
- Kirill
- ISBN
- 9789943802254
- Betlar soni
- 256
- Yili
- 2022
- Nashriyot
- Zukko kitobxon
- Muqova
- Qattiq
Asar voqeasi voyaga yetmagan 13 yoshli Gulshan ismli bir qizning qishloqdan shaharga - qarindoshinikiga mehmon bo‘lib kelgan kundan boshlanadi. Asarni o‘qir ekansiz, "shaharchasiga" kiyinib, qarindoshi bilan istirohat bog‘ini tomosha qilish uchun chiqqan va shu bog‘da qarindoshi tomonidan "unutilib" qoldirilgan bu qishloq qizining achchiq va ayanchli qismatini, uning o‘smirlik davri va ayni gul yoshligining mahbuslikda o‘tishi voqealarining guvohi bo‘lasiz."Men kimning qurboniman?!"... muallif o‘zi ta’kidlagani - dek, hayotiy voqealar asosida yaratgan ushbu asarida u insonlarni loqaydlik, firibgarlik, johillik va ilmsizlik kabi illatlardan pok bo‘lishga, jamiyatda uyg‘oq yashashga chaqiradi.Yuzlab, minglab Gulshanlar, aybsiz aybdor bo‘lib, nohaq jabr chekkan, adolatsizlik qurboni bo‘lgan insonlar tomonidan haqli ravishda berilgan "Men kimning qurboniman" degan savolga Omina Shenliko‘g‘li keng va asosli fikrlar bilan javob berishga bel bog‘laydi va buning uddasidan chiqadi.
Narxlarni solishtirish
Bu kitob uchun Book.uz do'konidan 1 ta taklif topildi.
Qaysi do'konda qancha turishini, sizga eng yaqin filialni va yo'l xarajati bilan jami eng arzon variantni ko'rish uchun tizimga kiring. Parol kerak emas — Telegram orqali bir daqiqada.
Kirish va narxlarni ko'rish